Главная » 2017 » Март » 27 » Davron Kabulov O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi
11:23

Davron Kabulov O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi


Boshlovchi va shoumen Davron Kabulov O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Murabbiylik tajribam yo‘qligini yuzimga solishmasa, ‘qo‘ng‘iroqlar’ bilan tarkib tanlashga aralashishmasa O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqa olaman. Tekinga-pul kerakmas. 4 yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman. ‘Boshlovchiligingni qilsangchi’, degan gaplarga shoshilmang. Termamizni shu vaqtgacha Sarkisyan, , Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyaщiy, Abramov, Kosimov, Babayan kabi ‘tan olingan’lar boshqardi-olib chiqolmadi JChga.

Hech narsa yo‘qotmaysiz: eplolmasam 6 marta chiqolmagan mundialga 7 marta chiqmagan bo‘lasiz, va’damning ustidan chiqsam tarixda birinchi marta bo‘ladi. Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon bo‘lsa, yashab turgan uyimni o‘rtaga tikishga tayyorman!”,—deb yozdi Davron Kabulov o‘zining Instagram`dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart, payshanba kuni JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 6-turida Suriyaga qarshi bahsda imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: olib chiqmoqchi, O‘zbekiston Milliy terma jamoasi, Jahon chempionati, Davron Kabulov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя