Главная » 2019 » Май » 24 » Deniel Kreyg suratga olish jarayonida jiddiy jarohat oldi
20:37

Deniel Kreyg suratga olish jarayonida jiddiy jarohat oldi


Filmni suratga olish guruhining aytishicha, tasvir jarayonlari to‘xtatilmaydi.

Superagent 007 roli ijrochisi aktyor Deniel Kreyg yiqilib oyog‘idan jarohat oldi. Bu voqea Jeyms Bon haqidagi filmning Yamaykadagi qismini suratga olish chog‘ida sodir bo‘lgan.

Deniel Kreygning to‘pig‘ida kichik operatsiya amalga oshiriladi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng ikki hafta o‘tgach tasvirga olish ishlari davom ettiriladi.
Kartina 2020 yilning aprelida katta ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda.

Tasvirga olish guruhi xabar berishicha, aktyor xavfli tryukni amalga oshirish chog‘ida balandlikdan qulab, oyog‘ini shikastlagan. Uning jarohati jiddiy va kuchli og‘riqni his qilmoqda, deyiladi xabarda.

Bu hol aktyor bilan sodir bo‘lgan ilk hodisa emas. Bundan avval aktyor tizzalariga tuz yig‘ilib qolgani bois jarrohlik stoliga yotqizilgandi.

Ayni paytda tasvirga olish ishlari davom etadi. Faqat bunda aktyor ishtirok etmaydigan kichik epizodlar tasvirga olinadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Deniel Kreyg | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя