Главная » 2017 » Январь » 11 » Desertga pirog - kunni shirinlik bilan yakunlang!
08:38

Desertga pirog - kunni shirinlik bilan yakunlang!


Zarur maslalliqlar: xamiriga: 250 gr. un, 200 gr. sariyog‘, 100 gr. shakar, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq limon qirindisi; 150 gr. qand upasi, 150 ml. o‘rikli jem, 100 gr. shokolad, 75 ml. qaymoq, 5 osh qoshiq limon sharbati.

Tayyorlanishi: 1. Sariyog‘ni eritib, tuxum va shakar qo‘shing. Un va xamiryumshatgichni ham solib, aralashtiring. Endi limon qirindisini qo‘shsangiz ham bo‘ladi. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach, pishiriq qog‘ozi solingan qolipga quying. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo‘ying. So‘ngra biskvitni sovuting.

2. Limon sharbatini qand upasi bilan aralashtiring.  

3. Biskvitni o‘rtasidan teng ikki bo‘lakka bo‘ling. Bittasining ustiga o‘rikli jemni surting. So‘ngra ikkinchisi bilan yoping. Ustiga limonli aralashmani quyasiz.

4. Shokoladni eritib, qaymoq bilan aralashtiring-da, pirog yuziga surting.

1 soat

8 kishilik


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Desert, kunni shirinlik bilan yakunlang, pirog | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя