Главная » 2017 » Февраль » 24 » Dilnoza Kubayeva turmush o‘rtog‘ining vafotidan avval shifokorlar noto‘g‘ri tashhis qo‘yganini aytdi
16:12

Dilnoza Kubayeva turmush o‘rtog‘ining vafotidan avval shifokorlar noto‘g‘ri tashhis qo‘yganini aytdi


O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova va teleradioboshlovchi Botirxon Imomaliev boshchiligidagi “Yolg‘ondan yiroq” ko‘rsatuvida Dilnoza Kubayeva turmush o‘rtog‘ining vafot etishi sabablarini ilk bor ochiq-oydin gapirdi. Bunda u shifokorlarning noto‘g‘ri tashhis qo‘yganini ma’lum qildi.
 
“Bir kuni turmush o‘rtog‘im uyga juda yomon ahvolda kirib keldilar. Kiyimlari kir, qon... Nima bo‘ldi, deb so‘rasam, Yo‘lda mashina turtib yubordi, deb javob berdilar. Turmush o‘rtog‘imni urib yuborgan haydovchi juda yosh, endigina avtomobil boshqarishni o‘rgangani uchun unga ortiqcha muammo bo‘lmasin, deb uni voqea joyidan ketkazib yuborganlar. O‘zlari esa to‘g‘ri uyga kelganlar. Shifokorlarga boraylik, desam hech unamadilar. Biroq shu voqeadan keyin salomatliklari kundan-kunga yomonlashdi”.

Kubayeva turmush o‘rtog‘ini xotirlar ekan, uning mardi va tanti, oliyjanob inson bo‘lganiga, shifokor qabuliga borish, betobman deb, uyda yotib qolishni xohlamaganiga alohida urg‘u berdi.
 
“Shifokor ko‘rigidan o‘tishni yoqtirmasdilar. Bir kuni shifoxonaga bordik. Doktorlar tashhis qo‘yib, bir necha oy davomida davolashni boshlashdi. Bu orada turmush o‘rtog‘imning ahvollari yanada og‘irlashdi, jigarlari, qorin sohalari shishib ketdi. Keyin bilsak, shifokorlar umuman noto‘g‘ri tashhisni qo‘yishgan ekan. Shundan keyin ulardan qon saratoni aniqlandi”.
 
Ko‘rsatuv davomida aktrisa Dilnoza Kubayeva turmush o‘rtog‘i bilan o‘tgan eng shirin damlarni, yorqin xotiralarni yodga oldi. Birinchi uchrashuv, ahd-paymon, to‘y, farzand...
 
“Bir kuni teatrning yoniga kelib, marshrutkadan tushsam, bir yigit turgan ekan. “Dastxat qo‘yib bera olmaysizmi?”, dedi. Aslida kim shunchaki vaqtimni olmoqchi, kimga haqiqatan ham dastxat kerak, darrov bilinadi. Qo‘lqopimni yechib, qani nimaga dastxat qo‘yib beray, dedim. Haqiqatan ham maqsad dastxat olish emas, men bilan tanishish ekan. O‘shanda Shuhrat akam shoshib avtomobillarining texnik pasportini qo‘limga tutqazib, shunga qo‘yib beravering, degandilar. Oradan vaqt o‘tdi, yulduzimiz yulduzimizga tushib turmush qurdik. Ko‘pincha o‘sha texnik pasportni qo‘limizga olib, birinchi uchrashuvimizni eslardik”, deydi Dilnoza Kubayeva.
 
Aktrisaning eng inji sirlari, hali hech qaerda aytmayotgan iqrorliklaridan boxabar bo‘lmoqchimiz? Unda “Qalampir.uz”ni kuzatib boring. Ko‘rsatuvni tez orada e’tiboringizga havola etamiz. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Dilnoza Kubayeva, turmush o‘rtog‘i | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя