Главная » 2016 » Ноябрь » 7 » Dima Bilan “Golos” loyihasida Sardor Milanoni qoldirishni istamadi
17:45

Dima Bilan “Golos” loyihasida Sardor Milanoni qoldirishni istamadi


Rossiya “Birinchi kanal”ining “Golos” loyihasi yorqin ishtirokchilaridan biri Sardor Milano “battl”da g‘olib bo‘la olmadi, deb yozadi “Rossiyskiy dialog” nashri. Sardorning ustozi Dima Bilan loyihada uning raqibi Oksana Kazakovani qoldirishga qaror qildi.

4-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan “battl”da ishtirokchilar kompozitsiyani ajoyib tarzda ijro etdi. Hatto, Leonid Agutin va Dima Bilan raqsga ham tushib ketdi. Qo‘shiq yakunida barcha ustozlar o‘rnidan turib, ularni olqishladi.

Ammo, loyiha qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilardan faqat bittasi qolishi mumkin. Dima aynan Sardor shoudan chiqib ketishi kerak, deb topdi. Ammo Milano baribir loyihadan ketmadi: uni darhol Polina Gagarina o‘z jamoasiga oldi.

Avvalroq o‘zbekistonlik yosh xonanda, Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasi g‘olibi Sardor Milano “Golos” shousidagi chiqishida o‘zini “Moskvadan” deb tanishtirgani o‘zbekistonlik ayrim blogerlarning noroziligiga sabab bo‘lgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Dima Bilan, Sardor Milano, Golos loyihasi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя