Главная » 2020 » Февраль » 12 » Diplom talab qilinmaydigan yuqori daromadli 5 ta kasb
20:08

Diplom talab qilinmaydigan yuqori daromadli 5 ta kasb


Oliy ma’lumotning karyera uchun ahamiyati har doim nisbiy bo‘lgan. Albatta, diplomlar berilgandan keyingina eshigini ochadigan kasblar mavjud: doktorlik, huquqshunoslik, universitet o‘qituvchisi va hokazo. Ammo rasmiy malaka ko‘rsatkichlarining ahamiyati amaliy malaka ko‘rsatkichlarinikidan ancha past bo‘lgan holatlar mavjud. Diplomga ega bo‘lish yaxshi. U yo‘q bo‘lsachi? Nima qila olishingizni ko‘rsating. Aynan shu narsa ishga olinish imkoniyatini belgilaydigan birinchi omil bo‘ladi. Tegishli diplom bo‘lmay turib, biroz tajribaga ega bo‘lgan (yoki uni olishni juda istagan) holingizda ham nisbatan yuqori maosh tadqim etuvchi kasblarning qisqa ro‘yxatini e’tiboringizga havola qilamiz.

1. Oshpaz

Hatto, diplomli oshpaz ham ta’lim olishga ko‘p vaqt sarflamaydi. Buning uchun kasb-hunar kollejida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish kifoya, bu o‘rtacha uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt oladi. Biroq hamma ham bu yo‘ldan yurmaydi. Bugungi kunda oshpaz bo‘lish uchun xohish va tibbiy daftarcha bo‘lishi kifoya. Har qanday umumiy ovqatlanish joyiga ishchi kerak. Ovqat pishirmasangiz ham, hech bo‘lmaganda uni tayyorlashga yordam berishingiz yoki muzlatgichlarni artishingiz mumkin. Ha, oshpazlik yo‘lining boshlanishi har doim ham yoqimli emas, ammo bu – kasbga kirib olish uchun to‘lash lozim bo‘lgan kichik haq.

2. Vizajist 

Diplomi mavjud bo‘lmagan yana bir kasb. Maksimal holatda – biror kursni tugatganlik to‘g‘risida sertifikat kerak. Shunga qaramay, bu kasb o‘z talablariga ega va shunga mos ravishda yaxshi haq ham to‘lanadi. Albatta, kichik buyurtmalar bilan boshlashingizga to‘g‘ri keladi. Kichikligi – ish miqdori emas, balki ish haqi nuqtai nazaridan. Ammo bu tabiiydir: boshlang‘ich mutaxassisga tajriba va portfelioga ega bo‘lish muhim. Buni esa xizmatlaringizni tajribaliroq raqobatchilardan ko‘ra kamroq narxda taklif qilish orqali amalga oshirishingiz mumkin. Vaqt o‘tishi bilan buyurtmalarning o‘rtacha narxi ularning miqdori bilan birga ortib boradi.

3. Quruvchi

Ushbu kasb juda keng ixtisosliklarga ega: suvoqchi, g‘isht quyuvchi, plitka teruvchi, duradgor, payvandchi, montajchi. Ularning har birida malaka darajasi bevosita tajribaga bog‘liq. Muhandislik ishlarini hisobga olmasangiz, quruvchilikning nazariy asoslari amaliyotda erishiladi. 

Avvaliga, albatta, daromadingiz kam bo‘ladi va vazifalaringiz  qurilish materiallarini tushirish, tashish va chiqindi tozalash ishlari o‘rtasida o‘zgarib turadi. Ammo yuqorida aytilganlardan birini bajarishni o‘rgangach, daromad miqdori o‘rta darajali menejerning ish haqi bilan tenglashadi.

Ammo bu ishni baholaganda, ikkita og‘ir omilni esga olish kerak: birinchidan, daromad darajasi mavsumga bog‘liq – issiq mavsumda, tabiiyki, yuqori. Ikkinchidan, ushbu kasblarning vakillari odatda o‘zlari uchun ishlaydi va shunga mos ravishda buyurtmalarni mustaqil ravishda qidirish bilan shug‘ullanishlari kerak. Bu sohada raqobat ham juda yuqoriligini unutmaslik lozim.

4. Veb-dasturchi

Dasturlashtirishga bo‘lgan talab odamlar orasida ommaviy ravishda ushbu kasb egasi bo‘lish istagini uyg‘otadi. Diplom yetishmasligi esa ishtiyoqni pasaytiradi. Ammo, aslida, hamma ish beruvchilar ham dasturchilardan tegishli ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab qilmaydi. Raqamlashtirishning hozirgi sharoitida, dasturchining mustaqil ravishda olgan bilimlari ancha muhimroqdir.
Ushbu segmentning bir qismi hali diplomli bitiruvchilarga (ayniqsa, murakkab muhandislik tizimlarini ishlab chiqishda) ishonsa, qolganlari nomzodni amalda tekshirish bilan cheklanadi. Eng bag‘rikeng tarmoq veb-dasturlashdir: bunda kasbni egallashga to‘siqlar IT sohasidagi eng past ko‘rsatkichga ega.
Internetda veb-dasturlash ko‘nikmalarini egallash uchun ko‘plab kurslar mavjud va olingan bilimlarni amalda qo‘llash uchun zarur texnik vositalaring mavjud bo‘lsa, yetarlidir.

5. Savdo menejeri

Savdo menejerining daromad darajasi uning ish miqdori bilan bevosita bog‘liqdir. Bu ma’noda, ushbu kasb tadbirkorlik faoliyati bilan bir xil. Unga zarur bo‘lgan ko‘nikmalar: aloqalar o‘rnatish, muzokaralar olib borish, mahsulotni samarali taqdim etish va hujjatlarni yuzaki tushunish kabilar bunga ham mos keladi. 

Ba’zilar ish tajribasi va tegishli oliy ma’lumot talab qilsa, boshqalar nomzodning shijoati bilan cheklanadi. Boshida yirik kompaniyaga kira olmasangiz ham, bozor kichik biznesning bo‘sh ish o‘rinlari bilan to‘lib toshgan. Ularda zarur boshlang‘ich tajribani olish mumkin. O‘z mijozlar bazangizni to‘plashingiz ko‘pincha kelajakda xususiy biznesingizni yaratishga olib keladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя