Главная » 2020 » Октябрь » 2 » Diqqat! Kontraktga o‘tish ballari ham o‘zgardi
19:01

Diqqat! Kontraktga o‘tish ballari ham o‘zgardi


DTM saytidagi o‘tish ballari sahifasida ham o‘zgarish yuz bergan. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti misolida oladigan bo‘lsak, avval davlat granti uchun o‘tish ballari 2 ta fakultetda ko‘rsatilmagan, shunchaki chiziqcha qo‘yilgan edi. Chunki o‘sha yo‘nalishlarda kvota doirasida sportchilar imtiyozli qabul qilingandi. Ana endi ular kvotadan tashqariga olib o‘tilgandan keyin, davlat granti uchun o‘tish bali 189 ball deb belgilangan. Demak, 189 ball olganlarning barchasi grantga qabul qilingan.

Yana bir muhim tomoni, kontrakt uchun ham kirish ballari biroz pastlagan. Ya’ni sportchilar kvotadan tashqariga olib o‘tilgani natijasida kontrakt chizig‘ining tagida turgan va ozgina bali yetmay qolgan abituriyentlar mandat chizig‘ida yuqoriga ko‘tarilib, kontrakt asosida qabul qilingan.

"Shuning uchun mandat chizig‘i tagida turgan abituriyentlar yana bir bor o‘z natijalarini qayta tekshirib qo‘yishlarini so‘ragan bo‘lar edim.

Bugun ko‘pchilikning uyida qo‘chqorlar so‘yiladiganga o‘xshaydi", deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘zgardi, Kontraktga, o‘tish ballari, Diqqat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя