Главная » 2020 » Май » 17 » Diqqat! Toshkentda ertadan avtomobillar 06:00–22:00ga qadar stikersiz harakatlanishi mumkin
20:26

Diqqat! Toshkentda ertadan avtomobillar 06:00–22:00ga qadar stikersiz harakatlanishi mumkin


14 may kuni Respublika maxsus komissiyasi karantin choralarini yumshatish bo‘yicha navbatdagi qarorini qabul qilgan edi. Unga asosan, 18 maydan boshlab «sariq» toifadagi hududlarda tong soat 06:00dan kechki 22:00gacha avtomobillarning stikersiz harakatlanishiga ruxsat berildi.

Qoidaga binoan, avtotransport vositalari salonida jami 4 nafardan ortiq kishi bo‘lmasligi kerak.

Ayni paytda poytaxt Toshkent shahrining barcha tumanlari «sariq» toifaga kiritilgan.

«Yashil» hududlarda avtomobillar harakatiga cheklovlar avvalroq bekor qilingan edi.

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlarda esa 30 apreldan e’tiboran o‘rnatilgan tartib amal qilishda davom etadi: fuqarolar 07:00dan – 10:00gacha va 17:00dan – 20:00gacha ish joyiga borib-kelish, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun transport vositalaridan foydalanishlari mumkin.

18 maydan boshlab, ayrim ichki yo‘nalishlardagi aviaparvozlar va yo‘lovchi poyezdlari harakati ham tiklanadi. Bunda yo‘lovchilar bir qator talablarga rioya etishi zarur.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtomobillar, Toshkentda, stikersiz, harakatlanishi mumkin, Diqqat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя