Главная » 2017 » Июнь » 18 » Diqqat, yangi tahdid: “Eng zo‘r jinsiy aloqaga chorlovchi fikringni yoz”
12:02

Diqqat, yangi tahdid: “Eng zo‘r jinsiy aloqaga chorlovchi fikringni yoz”


So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishgacha olib boruvchi “Ko‘k kit”, “Tinch uy” kabi “o‘lim guruhlari”ning vujudga kelgani keng jamoatchilikning jiddiy tashvish va xavotirlarga sabab bo‘ldi.

Poytaxtimizdagi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida temir yo‘l konteynerlaridan biri o‘rtnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Konteynerdagi 20 tonnadan ortiq yuklar Latviyadan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi “Modern sweet” ma’suliyati cheklangan jamiyatlar nomiga yuborilgan bo‘lib, ular orasidagi salkam 5 tonnayu 800 kg. shokolad va saqichlarning iste’mol muddati deyarli 3 yil avval o‘tib bo‘lgan ekan.

Ammo tahlillar davomida bundan-da dahshatli manzara namoyon bo‘ldi. Mahsulotlar orasidagi salkam 560 kg. og‘irlikdagi saqichlarning salomatlikka tahdididan ko‘ra, jamiyatimiz osoyishtaligi va yoshlarimiz hayotiga tahdidi ming chandon xavfli bo‘lib chiqdi.

Sodda qilib aytganda, AQShning “Wrigley” kompaniyasi mahsuloti hisoblanmish “Truth or dare” (FIVE), ya’ni “Haqiqat yoki jur’at” deb balandparvoz nom bilan atalgan saqichlar qadog‘idagi yozuvdar ham yoshlarning ongini zaharlashga undovchi g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgani ma’lum bo‘ldi.

Saqichlardagi ushbu jumlalar yuzasidan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi ekspertlarining xulosasiga yuzalanaylik.

“Mazkur mahsulotlarning nomi va uning ichidagi saqichlarga o‘rog‘lik qog‘ozlarda iste’molchilarga qiziq bo‘lishi va o‘ziga jalb qilish maqsadida turli shakllarda da’vatlar, topshiriqlar va chaqiriqlar mavjud bo‘lib, biroq g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy islohotlarga mos emas.”

Yorliqlardagi chaqiriqlarga ahamiyat bering:

“Bo‘sa oling!”;
“Shahvoniy ovozda gaplashing!”;
“Bo‘sangiz suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtiring!”;
“Xonadagi eng chiroyli odamdan bo‘sa so‘rang”;
“Qo‘lsiz yechining!”;
“Yoshlikdagi eng ahmoqona ishingizni takrorlang!”;
“Do‘stingizning belini barmoqlaringiz uchi bilan silang!”
“Kimningdir orqasidan muzqaymoq oting!”.

Bu kabi da’vatlarning, topshiriqlarning soni esa 745 mingdan oshadi!

Xo‘sh, bu da’vatlardan nima kutish mumkin? Yoshlarni oshkora odobsizlik va chirkin odatlarga yetaklayotgan chorlovlar zamirida aslida yuqorida sanab o‘tganimiz “Ko‘k kit”, “Pokemon Go”, “Tinch uy” kabi o‘zini o‘zi o‘ldirishga majburlovchi xavfli o‘yinlar targ‘iboti mujassam emasmi?

Bunday saqichni chaynagan o‘spirin undagi topshiriqlarni bajarib ko‘rishi tabiiy! Chunki, odatda o‘smirlar atrofdagilarga o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatishga ishtiyoqmand bo‘ladi va har qanday o‘yinda g‘oliblikka intiladi.

O‘zbek yoshlarining saqichda chorlovga buysunib, uni amalga oshirishlarini tasavvur qilishning o‘ziyoq kishini o‘ng‘aysiz ahvolga soladi.

Surishtiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, bu kabi saqichlar Rossiya Federatsiyasining “Rigli” kompaniyasi tomonidan ham “Pravda ili Deystvie” nomi ostida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, joriy yilning 26 may kuni “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti orqali “Sankt-Peterburg-Urganch” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro N.Abdullayeva ham 1 o‘ramda “5 Pravda ili Deystvie” yozuvli bo‘lgan saqichlarni olib kirayotgani aniqlangan.

Ushbu saqichlardagi da’vatlar esa yanada ahmoqona va xunuk ko‘rinishda aks etgan.

“Agar sen jinsingni bir kunga o‘zgartirsang, shu kunni qanday o‘tkazarding?”;
“Dunyoda eng zo‘r jinsiy aloqaga chorlovchi fikringni yoz”;
“Mana shu topshiriqni peshonangga selfi qilib yopishtir!”.

Joriy yilning 3 iyun kuni Davlat bojxona qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida salkam 560 kg. saqichlar yoqish yo‘li bilan yo‘q qilib tashlandi. Shu tariqa, vayronkor g‘oyalarning 745 ming dona targ‘ibot vositasi yo‘q qilindi.

Endilikda shiddatli davr har birimizdan iste’molchi masu’liyatini talab etmoqda. Xulosa qilib aytganda, bilib-bilmay ma’naviyatimizga tahdid soluvchi har qanday ko‘rinishdagi mahsulotni sotib olish orqali jirkanch g‘oyalarning targ‘ibotchisi va tashuvchisiga aylanib qolmaylik.

Husen Tangriev
Davlat bojxona qo‘mitasi
Axborot xizmati katta inspektori


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yangi tahdid, jinsiy aloqa, Eng zo‘r jinsiy aloqaga chorlovchi , Diqqat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя