Главная » 2021 » Июнь » 4 » Diyetolog okroshkaning zararidan ogohlantirdi
19:25

Diyetolog okroshkaning zararidan ogohlantirdi


Okroshka oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotgan odamlarga taqiqlanadi. Bu haqda rossiyalik shifokor-diyetolog Yelena Solomatina «Govorit Moskva» radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.

«Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotgan odamlar bor, ularga bunday [табиий] kvas, shuningdek, okroshka tavsiya etilmaydi, chunki ko‘kat ko‘p. Albatta, har qanday holatda ham ular okroshkadan, hatto, eng yaxshi va eng tabiiy bo‘lganda ham, voz kechishlariga to‘g‘ri keladi», — dedi Solomatina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taom tayyorlash uchun tarkibida qand miqdori yuqori bo‘lgan kvasni ishlatmagan ma’qul. Shuningdek, kefirdan foydalanish ichak peristaltikasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Diyetologning aytishicha, taomga kolbasa qo‘shmaslik kerak — okroshka ko‘katlar qo‘shib tayyorlansa, yanada foydali bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: okroshkaning, Diyetolog, zararidan, ogohlantirdi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя