Главная » 2021 » Сентябрь » 9 » Diyetologlar immunitetni tushiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi
08:43

Diyetologlar immunitetni tushiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi


Amerikalik shifokor-diyetologlar immun tizimiga zarar yetkazuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qilishdi. Ularning maslahatlarini Eat This, Not That nashri chop etdi!

Birinchi navbatda, mutaxassislar qand miqdori haddan tashqari ko‘p bo‘lgan mahsulotlar, masalan, o‘ta shirin pechene yeyishni tavsiya etishmaydi.

«Qand va oddiy uglevodlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish immun hujayralar funksiyasini zaiflashtirishi va immunitetingizni xavf ostida qoldirishi mumkin», — deydi diyetolog Lindsi DeSoto.

Alkogoldan nafsni tiya olmaslik ham immun tizim faoliyatining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. DeSotoning fikricha, kuniga bir yoki ikki stakan sharob ichish immunitetni izdan chiqaradi. Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish har qanday kasallikda turli asoratlarga olib kelishi muqarrar.

Diyetologlar do‘konlardagi chips va boshqa tayyor gazaklarga berilib ketmaslikni maslahat berishadi. Bunday mahsulotlar tarkibida tuz, yog‘ va qand bisyor.

«Ushbu moddalar yurak, buyrak kasalliklari, surunkali yallig‘lanish paydo bo‘lishi va umuman immunitet zaiflashishiga olib keladi», — deydi ekspert Leonila Kampos.

Fastfud ham tarkibida to‘yinmagan yog‘lar ko‘pligi bois immun tizimga zarar yetkazishi mumkin. Doktor Xanna Brinning so‘zlariga ko‘ra, to‘yingan yog‘ni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish yallig‘lanuvchi jarayonlarga olib keladi va immunitetni zaiflashtiradi.

Oziq-ovqatga tuz solayotganda ham ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki natriy qon bosimi oshishiga va tanada suyuqlik turib qolishiga sabab bo‘ladi.

«Suyuqlik turib qolishi buyraklarni ortiqcha natriyni jadal chiqarishga majbur qiladi. Bu vaqtda tananing infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyati pasayadi», — deydi Brin.

Bundan tashqari, diyetologlarning ta’kidlashicha, kun davomida yetarlicha ovqatlanmaslik immun tizimga salbiy ta’sir kao‘rsatadi.

«Taomnomasini ataylab cheklaydigan, muntazam ovqatlanmaydigan yoki ovqatlanish tartibi buzilgan odamlar immunitetiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin», — deya tushuntirdi diyetolog Roksana Esani.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: immunitetni, Diyetologlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя