Главная » 2021 » Февраль » 2 » Diyetologlar qorindagi yog‘ni yo‘qotishga yordam beradigan mahsulotlarni ma’lum qilishdi
09:27

Diyetologlar qorindagi yog‘ni yo‘qotishga yordam beradigan mahsulotlarni ma’lum qilishdi


Britaniyalik diyetologlar qorindagi yog‘ni yo‘qotishga yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tishdi, deb yozadi «The Daily Express» nashri.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, birinchi navbatda, tarkibida oqsil ko‘p bo‘lgan baliq iste’mol qilish kerak. Xususan, olimlar taomnomaga tunets balig‘ini qo‘shishni maslahat berishadi. Chunki uning tarkibida boshqa baliqlarga qaraganda yog‘ kamroq.

Ekspertlarning fikricha, taomnomaga kiritish kerak bo‘lgan yana bir mahsulot bu tuxum hisoblanadi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar nonushta paytida tuxum iste’mol qilgan odamlar shuncha kaloriyaga ega uglevodli nonushta iste’mol qilganlarga qaraganda 65% ko‘proq vazn yo‘qotishini ko‘rsatdi. Diyetologlar bu natijani tovuq tuxumlarining to‘qlik hissini berishi hamda oziq-ovqatga bo‘lgan intilishni kamaytirishi bilan izohlashdi.

Bundan tashqari, oshqozonida ortiqcha kilogrammlardan xalos bo‘lishni xohlovchilar taomnomasiga qulupnay, malina va chernikani qo‘shishlari lozim. Ushbu rezavorlar kletchatkaning ajoyib manbai bo‘lib, hazmni yaxshilaydi va qorin shishishiga qarshi kurashishga yordam beradi.

Diyetologlar, shuningdek, tarvuzni tez-tez iste’mol qilishni maslahat berishadi. Uning tarkibida likopin moddasi bo‘lib, u organizmning kaloriyalarni yoqish qobiliyatini yaxshilaydigan aminokislota — arginin darajasini oshiradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: qorindagi, Diyetologlar, mahsulotlarni, yog‘ni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя