Главная » 2020 » Январь » 11 » $ – dollar belgisi qayerdan kelib chiqqan?
08:40

$ – dollar belgisi qayerdan kelib chiqqan?


Dollar ko‘plab mamlakatlarda ishlatiladigan valyuta bo‘lsa ham, dollarni ifodalovchi “$”mazkur belgining kelib chiqishini Amerika valyutasi bilan bog‘lashadi. Xo‘sh, aslidachi? Bu belgi haqiqatdan ham Amerika valyutasidan kelib chiqqanmi?

Bu borada ba’zi bir afsonalar bor. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra $ belgisi AQSh sharafiga o‘ylab topilgan (United States = US = $). Ya’ni U harfi ustiga S harfi tushirilsa, bugungi kunda xalqaro tizimda ishlatiladigan Amerika valyutasining ramziga o‘xshash belgi hosil bo‘ladi (faqat ikkita vertikal chiziq bilan). Bu belgi, hattoki, "Tekislangan Atlant yelkalari" kitobida ham esga olingan bo‘lib, kitob muallifi bu belgi nafaqat dollarni, balki erkin iqtisod va tafakkurni anglatishini ta’kidlagan.

Ammo ushbu versiya nafaqat Amerika jamiyatida, balki chet ellarda ham ommalashib ketganiga qaramay uning haqiqiyligini tasdiqlovchi biror bir hujjat yo‘q.

Aslida, Amerika valyutasi ramzining paydo bo‘lish tarixi ancha chalkash bo‘lib, valyutaga bunday ramz qo‘yish AQShda emas, balki Yevropada boshlangan.

Ispan mustamlakachilari Lotin Amerikasi hududiga kelganlarida, u yerda ko‘plab qimmatbaho foydali qazilmalar, shu jumladan peso valyutasida ishlab chiqarilgan kumush tangalarni topishadi. O‘sha vaqtlarda bu tangalar yoaximstaler yoki shunchaki taler deb nomlangan. Keyinchalik pesoni ispan taleri deb atashdi undan keyin esa ispan dollari deb atay boshlashdi. Aynan shu nom sabab ham bu tangalar butun Yevropada ommalasha boshladi, keyin AQShda ham ulardan keng foydalana boshlashdi. 

Xo‘sh, dollar belgisining pesoga nima aloqasi bor? Gap shundaki, o‘sha paytda peso "Ps" deb qisqartirib yozilgan, keyinchalik ispanlar bilan savdo-sotiq qiladigan ingliz-amerikalik muhojirlar P va S harflarini birlashtirishni odat qilishadi. S harfi P harfi ustiga tushirib yoziladi. Va xuddi shu qisqartirish zamoaviy dollar belgisning prototipiga aylanadi. Vaqt o‘tishi bilan P harfi umuman yo‘qolib ketdi va S harfi fonida faqat vertikal chiziq qoldi.

Dastlab pesoni anglatgan ushbu belgi qanday qilib AQSh dollarining belgisiga aylandi?

AQShda birinchi marta ispan valyutasida ishlab chiqarilgan tangalar Shimoliy Amerikada ham, Yevropada ham mashhurlik cho‘qqisiga erishadi. Shu sababli, amerikaliklar o‘z pullarining dizayni va qiymatini ispanliklarnikidek qilishga qaror qilishadi. 

Popular Science Monthly, Volume 81

Bu davlatlar o‘rtasida valyuta almashinuvini osonlashtirdi, chunki peso dollar bilan 1: 1 nisbatda edi. Tangalar bir xil qiymatga ega bo‘lganligi sababli, pullar turli xil buxgalteriya hujjatlarida dollar $ belgisini ishlatgan holda teng ravishda belgilanardi. Shunday qilib, mazkur belgi $ zamonaviy Amerika valyutasining ramziga aylandi.


Manba: "xabardor.uz"
| Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя