Главная » 2020 » Апрель » 10 » Donald Tramp AQShda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi
10:47

Donald Tramp AQShda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi


AQShda koronavirus tarqalishi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi, ayrim mintaqalarda pasayish ham kuzatila boshlagan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi“RIA Novosti”.

“Biz kasallikning eng yuqori cho‘qqisidamiz, bunga ishonchim komil. Ayrim holatlarda pasayish kuzatilmoqda, biz jarayonni boshlab yubordik”, — deydi Amerika yetakchisi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan vitse-prezident Maykl Pensning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat eng keskin bo‘lgan mintaqalarda barqarorlashuv belgilari tobora ko‘proq kuzatilmoqda. Vitse-prezident Nyu-York shahri, Denver va Luiziana shtatlarini misol qilib keltirgan.

Avvalroq AQSh razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirus halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma'lum bo'llgandi.
 

Eslatib o‘tamiz, AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens 8-aprel kuni brifing chog‘ida mamlakatning ba’zi yirik shaharlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma'lum qilgandi. Tramp esa AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan kamroq bo‘lishiga umid qilishini bildirgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 465 ming kishidan oshdi, 16,6 mingdan ortiq odam vafot etdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя