Главная » 2019 » Декабрь » 25 » Donald Tramp o‘zining “Uyda yolg‘iz-2” filmidagi ishtirokiga izoh berdi
16:07

Donald Tramp o‘zining “Uyda yolg‘iz-2” filmidagi ishtirokiga izoh berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp “Uyda yolg‘iz-2” filmida ishtirok etganini o‘zi uchun sharaf deb bilishini ma’lum qildi, deb yozadi“RIA Novosti”.

“Ko‘pchilik har yili shu haqda gapiradi, ayniqsa, Rojdestvo kunlari. Ayniqsa yosh bolalar menga qarab ‘Men sizni hozirgina kinoda ko‘rdim’, deyishadi. Ular meni televizorda o‘sha filmda payqaganidek ko‘rmaydi. Bu yaxshi film, men o‘shanda yoshroq edim. Men uchun kinoda rol ijro etish sharaf edi”, — deydi Tramp.

“Uyda yolg‘iz” filmining 1992-yilda suratga olingan ikkinchi qismida Tramp o‘zini ijro etgan. U kichik epizodda film bosh qahramoni — Kevinga mehmonxona xoliga qanday o‘tishni aytib, unga yordam beradi. Epizod 10 sekundcha davom etadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя