Главная » 2020 » Октябрь » 4 » Dorilarni qachon ichgan foydali?
12:42

Dorilarni qachon ichgan foydali?


Har bir dorini o‘ziga mos ichish payti bor va aynan shu vaqtda dorini ichish dori samaradorligini oshiradi. Agar siz shifokar yozgan reseptdagi yozularga tushunmay dorini qachon ichishni bilmayotgan bo‘lsangiz quyidagi ma’lumotlar sizga yordam beradi.

NAHORGA
Bu ertalabki nonushtadan 20-40 daqiqa avval degani. Kunning bu qismida yurak preparatlari juda samaralidir. 

OVQATDAN OLDIN
Dorilarni nonushta, tushlik, kechki ovqatdan 30-40 daqiqa avval qabul qilish kerak. 

OVQATDAN KEYIN
Ko‘plab terapevtik xastaliklarni davolashda samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun shifokorlar dorilarni ovqatdan 2 soat o‘tgach ichish tavsiya qilishadi. 

OVQATLANIB BO‘LGAN ZAHOTI
Dorini ovqatlanib bo‘lgan zahoti ichish faqatgina oshqozon shilliq qavatini ta’sirlantirishi mumkin bo‘lgan dorilar, ya’ni og‘riq qoldiruvchi va o‘t haydovchi dorilar tavsiya qilinadi. 

OVQATLANISh VAQTIDA
Oshqozonda me’da shirasi yuqori bo‘ladi, bu esa dorilarning tez so‘rilishiga zamin yaratadi. Shuning uchun ham ovqat vaqtida ichish uchun faqatgina oshqozon me’da faoliyatini oshiruvchi, hazm qildiruvchi, ich suruvchi va peshob haydovchi dorilar buyuriladi. 

OVQATLANISh BILAN BOG‘LIQ BO‘LMAGAN DORILAR
Bronxolitik, miyada qon aylanishni yaxshlovchi dorilar antibiotiklar buyurilgan tartib va buyurilgan vaqtda ichiladi. 

UYQUDAN YARIM SOAT OLDIN
Bunda uxlatuvchi, yurak kasalliklari va allergiyaga qarshi dorilar hamda oshqozon yarasini davolashga mo‘ljallangan dorilar tavsiya qilinadi.. 

Shifokor dorini 3 maxal yozib bergan bo‘lsa, unda siz dorini ertalab,tush va kechqurun ichasiz. Agar dori ichishni 1-2 soatga esdan chiqargan bo‘sangiz, qo‘rqmasdan ichishingiz mumkin. Ammo oradan bundan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, yaxshisi, keyingi dori ichish vaqtini kutish va odatdagidek davom ettirish kerak. Lekin bu holat boshqa takrorlamasligiga ahamiyat bering.

UNUTMANG
Yodingizdan ko‘tarilgan dorini keyingi qabulda 2 barobar qabul qilish mumkin emas. Bu aks ta’sirlarga olib keladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: dorilarni, ichgan, foydali | Рейтинг: 1.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя