Главная » 2020 » Сентябрь » 26 » DTM 206,4 ball yig‘ib, OTMga kirolmagan abituriyent bo‘yicha izoh berdi
11:42

DTM 206,4 ball yig‘ib, OTMga kirolmagan abituriyent bo‘yicha izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda bir abituriyentning javoblar varaqasi ilova qilingan holda, 206,4 ball bilan ham talabalikka tavsiya etilmagan degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Davlat test markazi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, mazkur abituriyent Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga topshirib, “Bojxona ishi” ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan. Shuning uchun ushbu abituriyent davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmagan va talabalikka tavsiya etilmagan.

“Hozirda abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida aks etayotgan ma’lumotlar davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rinli bo‘lib, oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlik bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilmagan, chunki oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun tanlovni Davlat test markazi amalga oshirmaydi”, deyiladi DTM xabarida.

Markazning qo‘shimcha qilishicha, 189 yoki undan yuqori ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilmagan holatlar mavjud emas.

Avvalroq, DTM test sinovlarida maksimal ball – 189 to‘plasa ham kontrakt asosida o‘qishga kirgan abituriyent bo‘yicha tushuntirish bergandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: DTM, 4 ball yig‘ib, kirolmagan, bo‘yicha izoh berdi, OTMga, 206, abituriyent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя