Главная » 2019 » Декабрь » 28 » DTM: Abituriyentlar 2 ta fandan tayyorlanmoqda bitta fanni esa “chetga surib” qo‘ygan
19:12

DTM: Abituriyentlar 2 ta fandan tayyorlanmoqda bitta fanni esa “chetga surib” qo‘ygan


Avval xabar  berganimizdek, bugun Axborot va  ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutassaddilari ishtirokida anjuman tashkil etildi. Mazkur anjumanda 2020-2021-yillarda OTMlariga qabul jarayonlaridagi yangiliklar xususida so‘z yuritildi.

Ma’lumki, 2020-yildan boshlab barcha OTMlariga abituriyentlar o‘qishga kirish uchun 5 ta fandan test topshiriqlarini bajarishlari majburiy etib belgilanadi. Unga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yili qabulidan test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratildi. Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari kiritiladi. Ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan kiritiladi. 

Tadbirda OAV xodimlari tomonidan “Abituryent 5 fandan qaysi biridan tayyorgarlik ko‘rsin? qaysi biriga mablag‘ yetkazsin?  Bu bilan yoshlarni o‘qishdan sovitib qo‘ymasmikinmiz?” kabi savollar o‘rtaga tashlandi. 

Mazkur savollarga DTM test sinovlarini tashkil etish boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov  quyidagicha javob qaytardi: 
“Jamiyatdagi yoshlarni chuqur bilimga ega bo‘lishi zarurligi va har tomonlama yetuk kadr bo‘lishi uchun mazkur 5 ta faning  zarurligi ta’kidlangan. DTMda tuzilayotgan test savollar asosan maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar darsliklari dasturlaridan olinadi. Kelayotgan abituriyent mana shu bilimlarni maktab va akedemik litseylarda olgan holda test topshiradi. Lekin bugungi kunda OTMga hujjat topshirayotganlar sonni 1 mln. dona bo‘lsa bizning ajratgan qabul kvota chegaramiz 200 mingni tashkil etadi. Shuning uchun ham biz  qandaydur bir sinovni joriy etishimiz kerakmi yoki yo‘q?! Biz bilamiz umumta’lim maktablaridagi abituriyentlar asosan 2 ta fandan tayyorlanmoqda qolgan bitta fanni chetga surib qo‘ygan”.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя