Главная » 2021 » Июнь » 24 » DTM rahbari milliy test tizmi savollari tarqalib ketganiga munosabat bildirdi
21:48

DTM rahbari milliy test tizmi savollari tarqalib ketganiga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimi savollari tarqalib ketgandi. Holat bo‘yicha Davlat test markazi munosabat bildirib, surishtiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgandi.

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021/2022 o‘quv yilida OTMga qabul parametrlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Davlat test markazi Majid Karimov milliy test tizimi savollari tarqalib ketganiga to‘xtalib, tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

“Milliy test tizimi umumta’lim fanlar bo‘yicha bu yildan boshlab joriy etildi. Lekin so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda test materiallari sotilayotgani haqida xabar tarqaldi. Albatta, bu ma’lumot bizga o‘ziga yarasha signallar orqali yetib keldi. Shu signallar asosida biz tegishli organlarga murojaat qilganmiz. Hozirda tekshiruvlar davom etmoqda. Lekin ularning hisoboti hozir menda yo‘q”, deydi Karimov.

Shuningdek Davlat test markazining direktori test natijalarining javobi qancha muddatda ma’lum bo‘lishiga ham to‘xtalib, shunday dedi:

“Test natijalariga to‘xtalsak masalan oxirgi test 10 iyun kuni o‘tkazilgan bo‘lsa, 23 kun ichida javoblari chiqishi kerak”.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: DTM, rahbari, milliy, tarqalib, Test | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя