Главная » 2017 » Август » 2 » DTM test natijalarini ko‘rib chiqish muddatini e’lon qildi
23:07

DTM test natijalarini ko‘rib chiqish muddatini e’lon qildi


Kuni kecha respublikamizning 59 oliy ta’lim muassasalari va ularning 12 ta filialida qabul test sinovlari o‘tkazildi. Unga ko‘ra, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 729 950 nafar abiturient hujjat topshirgan bo‘lsa, shulardan 7 725 nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abiturientlardir.

O‘rtacha tanlov esa 1 o‘ringa 11,0 tani tashkil etdi.

Test sinovlarini o‘tkazish maqsadida 744 ming 271 dona individual test savollari komplekti tayyorlandi.

Test sinovlari 1 080 ta binoda joylashgan 21 ta maxsus auditoriyada o‘tkazildi.

Shu kuni jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash uchun 17 317 nafar ichki ishlar xodimlari, 1 848 ta avtotransport vositalari, jumladan, 84 ta yong‘inga qarshi ekipaj, 362 dona tez tibbiy yordam avtomashinalari jalb etildi.

Test sinovlariga 11 698 nafar abiturient qatnashmadi, 2 764 nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi. Test sinovlari jarayonida qoidabuzarlik holatlari qayd etilmadi.

2 avgust kuni test materiallarini qayta ishlash boshlanadi va jarayon 17 avgustda yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun: 2016 yil test sinovlarining javoblari 20 avgust kuni e’lon qilingan edi.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: DTM, Test natijalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя