Главная » 2021 » Март » 25 » Dubayda dunyodagi eng katta kartina 62 mln dollarga sotildi
11:33

Dubayda dunyodagi eng katta kartina 62 mln dollarga sotildi


Britaniyalik rassom Sashi Jefri tomonidan chizilgan The Journey of Humanity (“Insoniyat sayohati”) nomli dunyodagi eng katta kartina Dubaydagi xayriya auksionida 62 million dollarga sotildi, deb xabar beradi Esquire.

Jafri kartinani Dubaydagi “Atlantis” mehmonxonasining bal zalida o‘tgan yilning martidan — BAAdan lokdaun e’lon qilinganidan boshlab yetti oy davomida chizgan. Xolst o‘lchami 1,6 ming kvadrat metrga teng — bu to‘rtta basketbol maydoni demak. Kartinani yaratishda Jafri 1065 ta mo‘yqalam va 6,3 ming litr bo‘yoqdan foydalangan.

Avvaliga Jafri o‘z ishini 70 qismga bo‘lib, ularni alohida 30 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Biroq polotnoni kriptovalyutaga ixtisoslashgan firma rahbari bo‘lgan Andre Abdun ismli fransiyalik butunligicha sotib olgan. Yig‘ilgan mablag‘lar UNICEF, YuNESKO, The Global Gift Foundation va Dubi Caras kabi xayriya fondlariga yo‘naltiriladi.

2020-yilning sentabrida Ginnesning rekordlar kitobi The Journey of Humanity’ni dunyodagi eng katta xolst deya tan olgandi. Rassomning so‘zlariga ko‘ra, asar “sehrli realizm” uslubida yaratilgan. Kartinada 140 ta mamlakatdan bo‘lgan bolalar turli hissiyotlarini ifoda etgan holda tasvirlangan. Mavzu jihatidan kartina to‘rt qismga bo‘lingan: Yer qalbi, tabiat, insoniyat va koinot.

Mazkur xolst uning ijodkori tirik bo‘lgan dunyodagi eng qimmat ikkinchi kartinaga aylandi. 2018-yilda Devid Xoknining “Rassom portreti” (ikki figurali basseyn) kartinasi 90,3 million dollarga sotilgan.

Avvalroq taniqli ko‘cha rassomi Benksining superqahramon-hamshira haqidagi surati auksionda qariyb 17 million funtga sotilgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: dunyodagi, kartina, sotildi, dollarga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя