Главная » 2017 » Январь » 17 » Dugonajonlar pirogi - olmami yo atirgul?
16:16

Dugonajonlar pirogi - olmami yo atirgul?


Zarur masalliqlar: xamiriga: 2 stakan un, 250 gr. yong‘oq mag‘zi, 100 gr. sariyog‘, 2 dona tuxum sarig‘i, 4 osh qoshiq shakar, 3 osh qoshiq sut; ichiga solishga: 200 gr. shakar, 4 dona tuxum oqi, 2 o‘ram vanilinli puding; olmali atirgul uchun: 3 dona olma, 1 stakan shakar, 3 stakan suv.

Tayyorlanishi: 1. Yong‘oq mag‘zini blenderda ezing. Shakar, yumshatilgan sariyog‘, tuxum sarig‘i va sutni qo‘shing. Yaxshilab aralashtirgach, xamiryumshatgich va un qo‘shing. Xamirga sellofan yopib qo‘ying.

2. Olmani yarim oy shaklida yupqalab to‘g‘rang.

3. Suvga shakar qo‘shib qaynating-da, olma bo‘laklarini soling. 3 daqiqa olovda qoldiring. So‘ngra olmalarni qiyomdan oling.

4. Aylana shakldagi qolipga pishiriq qog‘ozini joylang. Ustidan yong‘oqli xamirni solib, 3 sm. qalinlikda qo‘lingiz bilan yoyib chiqing.

5. Tuxum oqini shakar bilan yaxshilab ko‘pirtiring. Vanilinli pudingni ham qo‘shib, ko‘pirtirishda davom eting. So‘ngra xamir ustidan soling. Olma bo‘laklarini shakarga botirib, atirgullar yasang-da, pirog ustiga joylang. Shirinligimiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqada pishadi. Dasturxonga sovigach tortishni maslahat beramiz.

12 kishilik

1 soatu 25 daqiqa


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Olma, Atirgul, pirogi, Dugonajonlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя