Главная » 2020 » Январь » 19 » Dunyo boylari reytingi o‘zgardi
10:46

Dunyo boylari reytingi o‘zgardi


Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos “Forbes” jurnali tomonidan tuziladigan dunyoning eng boy odamlari reytingidagi birinchilikni qo‘ldan boy berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda Louis Vuitton asoschisi va prezidenti Bernar Arno dunyoning eng boy odami bo‘ldi.

“Forbes” Arno va uning oilasi boyligini 117 mlrd dollarga, Bezosning boyligini 115,6 mlrd dollarga baholyapti.

Uchinchi o‘rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts 110,6 mlrd dollar boylik bilan egallab turibdi.

Qayd etish kerakki, “Forbes” dunyoning eng boy odamlari reytingini real vaqt rejimida, ya’ni kompaniyalar aksiyasining qimmatlashishi yoki arzonlashishiga qarab yuritadi. Shu sababdan u yoki bu biznesmen qisqa vaqtda o‘z boyligining ma’lum qismini yo‘qotishi yoki ko‘paytirib olishi mumkin.

“Forbes”ning 2019 yil yakuni bo‘yicha tuzilgan reytingida Arno to‘rtinchi, Bezos birinchi o‘rinni egallagandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя