Главная » 2020 » Март » 2 » Dunyoda 1 milliarddan ortiq yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida
21:09

Dunyoda 1 milliarddan ortiq yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida


Hozirgi kunda dunyoda 1 milliarddan ortiq yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida. Bu haqda Butun jahon eshitish kuni munosabati bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.

"Madaniy-ko‘ngilochar va sport inshootlarida, masalan, tungi klublar, diskotekalar, barlar, kinoteatrlar, konsert zallari, stadionlar va hatto fitness markazlarida qo‘yilgan baland musiqalar shifokorlarda tobora ko‘proq tashvish uyg‘otmoqda. Baland ovozdagi tovushlarni muntazam ravishda tinglash eshitish qobiliyatining yo‘qolishiga jiddiy tahdid soladi. Hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 1,1 milliard yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida turibdi", deyiladi bayonotda.

Xozirgi kunda JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 466 million kishi karlik va eshitish qobiliyatining buzilishidan aziyat chekmoqda, ulardan 40 millionga yaqini bolalar hisoblanadi. Prognozlarga ko‘ra, 2050 yilga kelib eshitish qobiliyati past odamlar soni 900 millionga yetadi.

"Karlik va eshitish qobiliyatini yo‘qotishning asosiy sabablari,  birinchi navbatda, shovqin hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda genetik kasalliklar, surunkali quloq infeksiyalari va boshqa qator kasalliklar: qizilcha, qizamiq, tepki, menengit, shuningdek, ba’zi dorilarning nojo‘ya ta’siri hamda zararli atrof-muhit omillar turadi", deya qo‘shimcha qilgan JSST o‘z bayonotida.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя