Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » Dunyoda eng ko‘p tinglanadigan xonanda ayol
11:08

Dunyoda eng ko‘p tinglanadigan xonanda ayol


Amerikalik kantri-pop ijrochisi Teylor Svift xonanda ayollar orasida qo‘shiqlari eng ko‘p tinglanuvchisiga aylandi. Svift nufuzli «Billboard 200» xit-paradida mashhur Uitni Xyustonning rekordini takrorladi. Uning «Folklore» albomi olti haftadan beri birinchi o‘rinda turibdi, deb yozmoqda «Billboard».

30 yoshli Teylor Sviftning boshqa albomlari ham xit-paradni boshqargandi, endi «Billboard 200»dagi peshqadamlik jami 46 haftani tashkil etmoqda. Ungacha bu natijaga faqatgina Uitni Xyuston erishgan.

Ikkinchi o‘rinda esa britaniyalik xonanda Adel. Uning albomlari «Billboard 200»da jami 34 hafta yetakchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «Forbes»ning 2019-yildagi eng boy ayol xonandalari reytingida ham Teylor Svift yetakchilikni qo'lga olgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Dunyoda, Ayol, eng ko‘p, tinglanadigan, Xonanda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя