Главная » 2020 » Февраль » 18 » Dunyodagi eng boy odam Yerni saqlab qolishga 10 mlrd dollar ajratdi
19:31

Dunyodagi eng boy odam Yerni saqlab qolishga 10 mlrd dollar ajratdi


Dunyoning eng boy odami, Amazon rahbari Jeff Bezos sayyoradagi iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash uchun Bezos Yer fondi tuzishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Men iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda allaqachon o‘rganilgan usullarni o‘rganish va yangi metodlarni ochishni xohlayman”, degan Bezos.

U sayyoradagi eng katta muammoga qarshi kurash uchun 10 mlrd dollar ajratmoqchi. Bezosning so‘zlariga ko‘ra, Yer fondi mablag‘lari shu muammo bilan shug‘ullanuvchi olim, faol va nodavlat tashkilotlarga ajratiladi.

“Men grantlar ajratishni shu yil yozdan boshlayman”, degan milliarder.
Bezos kompaniyalar, mamlakatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va oddiy odamlarni birgalik ish boshlashga chorlagan.

“Yer bizni birlashtirib turadi, keling uni birgalikda himoya qilamiz”, degan Bezos.

Ma’lumot uchun, Jef Bezos “Forbes” talqiniga ko‘ra, dunyoing eng boy odami hisoblanadi. Uning boyligi 115,5 mlrd dollarga teng.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя