Главная » 2020 » Сентябрь » 13 » Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi qiz yana chempion bo‘ldi
16:31

Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi qiz yana chempion bo‘ldi


Yaponiyalik Naomi Osaka karerasida ikkinchi marta tennis bo‘yicha AQSh Ochiq chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Finalda Osaka belarus Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqib, 1:6, 6:3, 6:3 hisobda uni yengdi. Sportchilar kortda 1 soatu 53 daqiqa bellashishdi.

22 yoshli tennischi 2018-yilda ham US Openda g‘olib bo‘lgandi. O‘shanda finalda yaponiyalik sportchiga mag‘lub bo‘lgan Serena Uilyams hakamlar qaroriga qarshi chiqib, janjal ko‘targan. U hakamlar ishidan noroziligini bildirib, ularni o‘g‘riga chiqargan.

Osaka dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi ayol sifatida tan olingan. O‘tgan yili u $37,4 mln ishlab topgan. Bu Serena Uilyamsning maoshidan $1,4 mln, Mariya Sharapovaning $29,7 millionlik rekordidan esa ancha ko‘p.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: sportchi, eng ko‘p, dunyodagi, Qiz, maosh oladigan, chempion bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя