Главная » 2020 » Январь » 17 » Dunyodagi eng qimmat shaharlar ma’lum bo‘ldi. Toshkent nechanchi o‘rinni egalladi?
22:31

Dunyodagi eng qimmat shaharlar ma’lum bo‘ldi. Toshkent nechanchi o‘rinni egalladi?


Syurix, Bazel va Lozanna dunyoning eng qimmat shaharlari deb e’lon qilindi. Bu haqda "Numbeo" ma’lumotlar bazasi veb-saytida xabar berdi.

Syurix

Bazel

Lozanna

Reytingda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Shvetsariya shaharlari - Jeneva na va Bern egalladi. 

Jeneva

Bern

Kuchli o‘nlikdan Stavanger, Oslo, Trondxaym (Norvegiya), Reykyavik (Islandiya) va Bergen (Norvegiya) joy oldi.

Stavanger

Oslo

Trondxaym (Norvegiya)


Reykyavik (Islandiya)

Bergen (Norvegiya)

Hammasi bo‘lib reytingda 440 ta shahar nomi keltirilgan. Reyting tuzishda yashash uchun ketadigan sarf-xarajatlar, do‘konlar va restoranlardagi narxlar, transport va kommunal xizmatlar narxlari, shuningdek aholining xarid qobiliyati hisoblab chiqilgan. Shuningdek, uyni ijaraga olish yoki sotib olish xarajatlari alohida qayd etilgan.

"Numbeo" reytingida O‘zbekistondan birgina poytaxt Toshkent reytingga kiritilgan. Toshkent  413 o‘rinni egallagan. 

Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Hindiston va Qirg‘izistonning ham qator shaharlari Toshkentdan yuqori o‘rinlarda turibdi. Ya’ni, reytingda bir davlatning bir nechta, hatto o‘nlab shaharlari o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя