Главная » 2021 » Январь » 31 » Dunyodagi eng qudratli qurolli kuchlarga ega davlatlar
20:11

Dunyodagi eng qudratli qurolli kuchlarga ega davlatlar


Global Firepower 2021-yilga kelib dunyodagi eng kuchli qurolli kuchlarga ega mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar berdi «Sindonews».

O‘tgan yilgidek birinchi o‘rinda AQSh harbiy kuchlari bormoqda. Undan keyin Rossiya va Xitoy qayd etilgan. Kuchli o‘nlikka Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Braziliya va Pokiston ham kirgan.

Indoneziya 138 mamlakat orasida 16-o‘rinni egallab, Saudiya Arabistoni (17-o‘rin) va Isroilni (20-o‘rin) ortda qoldirdi. 2021-yilda Indoneziya qurolli kuchlari Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Vetnam 24, Singapur 40, Malayziya 44-o‘rinni egalladi.

Reytingning so‘nggi uch o‘rnini Butan, Liberiya va Somali egallagan.

Eslatib o‘tamiz, «Global Firepower» reytingida mamlakatning kuchliligi indeksini aniqlashda harbiy va moliyaviy qudratdan tortib moddiy-texnik va geografik imkoniyatlarga qadar 50 dan ortiq individual omillar hisobga olinadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qurolli kuchlarga, qudratli, davlatlar, Dunyodag | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя