Главная » 2021 » Февраль » 28 » Dunyodagi eng semiz bola 108 kilo vazn tashladi: U hozir qanday ko‘rinishga ega?
15:29

Dunyodagi eng semiz bola 108 kilo vazn tashladi: U hozir qanday ko‘rinishga ega?


Arya Perman ismli bolakay vaznining 120 kilo ekani sabab 10 yoshidayoq tanilib ulgurgan. 11 yoshiga to‘lganida uning vazni 190 kiloni tashkil qilgan.

Arya dunyoga kelganida me’yoriy vazn 3700 gramm bilan dunyoga kelgan. Besh yoshgacha tengdoshlaridan farq qilmagan bola keyinroq vazn to‘play boshlagan, keyingi to‘rt yil ichida esa 120 kilo to‘plagan.

9 yoshida dunyodagi eng semiz bola deb topilgan Aryaning vazni oshishdan to‘xtamagan. Bola kasal bo‘lmagan, shunchaki haddan ortiq darajada ko‘p ovqatlangan. Bir o‘tirishda u ikki portsiya lapsha, yarim kilo tovuqni qaynatilgan tuxum bilan birga paqqos tushira olgan. Shokoladli muzqaymoqni desertga yegan bolakay, kuniga 6 mahal ovqatlangan.

Bolaning otasi Daily Mail nashriga bergan intervyusida o‘g‘lining turishga qiynalishi, tez charchashi va besh metr yurib harsillab qolishini ma’lum qilgan.

Bora-bora bolaning yuvinishi ham muammo bo‘lib qolgan. Issiq kunlarda tanasi sovishi uchun suv solingan chuqurga tushib o‘tirgan.

Shifokorlar Aryaga parhez qilishi, bola hamda ota-onasi uning qancha miqdorda taom iste’mol qilayotganini yozib borishi kerakligini aytgan. Bu ozishga yordam beradigan samarali usul ekaniga qaramay, bolada ijobiy o‘zgarish kuzatilmagan. Ona va bolaning iste’mol mahsulotlari miqdorini qayd qilingan kundaligi solishtirganidan keyin esa ma’lumotlar turli xil ekani aniqlangan. Onasi o‘g‘lini rejaga asosan ovqatlanganini bola esa buning aksini ta’kidlagan.

Onasi bunga javoban Aryani yaxshi ko‘rgani uchun uni ovqatdan cheklay olmasligini bildirgan. Ota-onasi bilan jiddiy suhbatlashgan shifokorlar ularning bu harakati farzandlarining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkinligini tushuntirgan.

Parhezning o‘zi bilan ish bitmaganidan keyin shifokorlar bolaning oshqozonini rezeksiya qilishga majbur bo‘lgan. Shundan keyin Perman, bariatrik operatsiyasi qilingan eng yosh bemor bo‘lgan.

Operatsiyadan keyin ijobiy natija kuzatilgan, undan keyingi birinchi oyda 31 kilo tashlagan bola keyingi yil 71 kilodan xalos bo‘lgan. Bola ozganidan keyin do‘stlari bilan basseynda vaqt o‘tkazish, suzish va futbol o‘ynashni istagan, bu kabi oddiy odatlarni bajarishiga esa ishtahasi xalaqit qilgan.

Bugunga kelib Arya kuniga uch kilometrdan kam yurmaydi, ikki soat davomida sport o‘yinlari bilan shug‘ullanadi, daraxtlarga tirmashib chiqa oladi. Maktabga ham qatnay boshlagan Perman avvallari unga yetib borish uchun yarim kun vaqt sarflagan, oilaviy mototsikl esa uni ko‘tarmagan.

Unga mos keladigan o‘lchamda kiyim bo‘lmagani uchun sarong (milliy libos) kiyib yurgan bolaning garderobida endilikda futbolka va boshqa odatiy kiyimlarni uchratish mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: dunyodagi, vazn, ko‘rinishga, eng semiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя