Главная » 2019 » Декабрь » 25 » Dunyodagi eng xaridorgir smartfon ma’lum qilindi
09:19

Dunyodagi eng xaridorgir smartfon ma’lum qilindi


Counterpoint Research kompaniyasi 2019 yilning 3-choragida eng ko‘p sotilgan smartfonni ma`lum qildi Avvalgi ikkita chorakda etakchilik qilgan iPhone XR 3-chorakda ham eng xaridorgir smartfon bo‘ldi.

iPhone XR 2019 yilning iyulь-sentyabrь oylari natijalariga ko‘ra dunyoda sotilgan barcha smartfonlarning 3 foizini tashkil qilgan.

Umuman olganda, eng xaridorgir smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. iPhone XR (bozorning 3 foizi )
2. Samsung Galaxy A10 (2,6 foizi)
3.
Samsung Galaxy A50 (1,9 foizi)
4. Oppo A9 (1,6
foizi)
5. iPhone 11 (1,6
foizi)
6. Oppo A5s (1,5
foizi)
7. Samsung Galaxy A20 (1,4
foizi)
8. Oppo A5 (1,3
foizi)
9. Xiaomi Redmi A7 (1,2
foizi)
10. Huawei P30 (1,1
foizi)

E’tiborlisi, o‘tgan yil chiqqan iPhone XR’ni Apple’ning yangiroq modellari ortda qoldira olmagan: iPhone 11 5-o‘rinni egallagan, iPhone 11 Pro va 11 Pro Max umuman reytingga kirmagan. Bu esa talab flagman smartfonlardan arzonroq smartfonlar tomon ko‘chganini anglatadi.

Shuningdek, Samsung’ning birvarakay uchta modeli: Galaxy A10, A50 va A20 o‘ntalikka kirgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя