Главная » 2020 » Март » 26 » Dunyodagi eng yosh milliarder ayol koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar xayriya qildi
23:13

Dunyodagi eng yosh milliarder ayol koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar xayriya qildi


Amerikalik model Kayli Jenner koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga himoya kiyimlari va niqoblar sotib olish uchun bir million dollar ajratdi. Bu haqda amerikalik akusher-ginekolog Tais Aliabadi o‘z Instagram’ida ma'lum qildi.
 

Tibbiyot xodimi Kayli Jennerni “Yerdagi go‘zal farishta” deb atadi.

“Sen mening qahramonimsan. Bu xayriya ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin”, — deydi akusher-ginekolog.

Jennerning o‘zi shifokorning posti ostida izoh qoldirib, uni yaxshi ko‘rishini bildirgan hamda o‘z ishini sidqidildan amalga oshirayotgani uchun minnatdorchilik izhor etgan.

Realiti-shou yulduzi hisoblangan Kayli Jenner o‘zining shaxsiy kosmetik brendiga asos solgan. U bir yil avval dunyodagi eng yosh milliarder ayol deb topilgan.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя