Главная » 2021 » Сентябрь » 22 » Dunyoni o‘zgartirgan pandemiya: Xitoy koronavirus tarqalishini uyushtirgan bo‘lishi mumkin
17:28

Dunyoni o‘zgartirgan pandemiya: Xitoy koronavirus tarqalishini uyushtirgan bo‘lishi mumkin


Yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan Xitoyning Uxan shahridagi olimlar, g‘orlarda yashovchi ko‘rshapalakalarga 2018 yilda modefikatsiyalangan koronavirus yuqtirishni rejalashtirgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, olimlar COVID-19 tarqalishi haqidagi rasmiy xabarlardan 18 oy oldin ushbu loyiha uchun 14 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi bo‘yicha so‘rov yuborishgan.

Qayd etilishicha, olimlar hayvonlarning terisiga koronavirusning “yangi kimerik boshoqli oqsillarini o‘z ichiga olgan nanoqismlar”ni kiritmoqchi bo‘lgan. Buni Xitoyning Yunnan provinsiyasi g‘orlarida amalga oshirish rejalashtirilgan. Qolaversa, odamlarga osonroq yuqishi uchun irsiy jihatdan o‘zgartirilgan kimerik viruslarni yaratish taklif qilingan. Uxan olimlari, shuningdek, virusning inson hujayralariga o‘tishini osonlashtirish uchun ko‘rshapalaklar koronavirusiga o‘zgartirishlar kiritmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 31 dekabrda Xitoy rasmiylari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismidagi Uxan shahrida noma’lum kasallik epidemiyasi boshlangani haqida xabar berishgan. Shu bilan birga, birinchi holatlar qandaydir tarzda mahalliy dengiz mahsulotlari bozori bilan bog‘liq bo‘lgan.

2020 yil 11 martda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus yangi koronavirus pandemiya boshlanganini e’lon qilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pandemiya, Koronavirus, Xitoy, uyushtirgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя