Главная » 2017 » Июль » 31 » Dunyoning birdaniga ikki nuqtasida kuchli zilzila yuz berdi
09:16

Dunyoning birdaniga ikki nuqtasida kuchli zilzila yuz berdi


Yangi Zelandiya yaqinida 5,6 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, zilzila markazi Raul orolidan 123 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan. Yer silkinishi “juda kuchli” deb baholandi.

Bundan tashqari, Rossiyaning Kuril orollaridan sharqda ham 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatgan.

Yer silkinishi markazi Kurilsk shahridan 262 kilometr masofadagi Iturup oroli sharqida bo‘lgan. Zilzila markazi yer tubidan 86 kilometr masofada joylashgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot hozircha yo‘q.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: zilzila yuz berdi, kuchli, Dunyo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя