Главная » 2020 » Июль » 1 » Dunyoning eng qimmat brendlari reytingi e'lon qilindi
22:10

Dunyoning eng qimmat brendlari reytingi e'lon qilindi


Dunyoning 100 ta eng qimmat brendi umumiy qiymati bir yilda 5,9 foizga o‘sib, 5 trln dollarga yetdi. 

Kantar agentligi 1 iyulda dunyoning eng qimmat brendlari yuztaligi BrandZ Top 100’ni e'lon qildi. 

Yangi reytingga ko‘ra, Amazon kompaniyasi brendi eng qimmat brendlar orasida yetakchilik qilmoqda. Ushbu brend qiymati bir yil ichida 132 mlrd dollarga qimmatlashib, 415 mlrd dollarga yetgan.  

2-o‘rinni Apple egallamoqda. Ushbu brend 352 mlrd dollarga baholangan. 3-o‘rinni esa Microsoft 326 mlrd dollarlik qiymat bilan egallamoqda.

Keyingi o‘rinlarni Google (323 mlrd dollar), Visa to‘lov tizimi (186,8 mlrd dollar), Alibaba internet-riteyleri (152,5 mlrd dollar), Tencent kompaniyasi (150,9 mlrd dollar), Facebook ijtimoiy tarmog‘i (147,1 mlrd dollar) egallagan.

Yetakchi o‘ntalikni McDonald’s fastfud tarmog‘i 129,3 mlrd dollarlik qiymat va MasterCard to‘lov tizimi 108,1 mlrd dollarlik qiymat bilan yakunlagan.  


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: brendlar, i reytingi e'lon qilindi, Dunyoning eng qimmat | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя