Главная » 2020 » Сентябрь » 8 » Dunyoning eng qimmat futbolchisida kovid aniqlandi
09:49

Dunyoning eng qimmat futbolchisida kovid aniqlandi


PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi saytida xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, 21 yoshli sportchining 7-sentyabr kuni ertalab COVID-19ga topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Kunduzi test natijalarini bilmay turib milliy termadagi jamoadoshlari bilan birga mashg‘ulot o‘tagan.

Forvard terma jamoa qarorgohini tark etdi. U Millatlar ligasi musobaqasining xorvatlarga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinida ishtirok etmaydi.

Ta’kidlash kerakki, Mbappe COVID-19ni yuqtirgan PSJning yettinchi o‘yinchisiga aylandi. Bungacha braziliyalik hujumchi Neymar va argentinalik Anxel Di Mariyada ham koronavirus aniqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, «Transfermarkt.de» portali versiyasiga ko‘ra, Mbappe dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Fransuzning transfer qiymati 180 million yevroga baholangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: kovid aniqlandi, Dunyoning, futbolchisida, eng qimmat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя