Главная » 2020 » Ноябрь » 18 » Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi tuzildi: unda Toshkent ham bor
20:01

Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi tuzildi: unda Toshkent ham bor


Parij, Gonkong va Syurix yashash uchun eng qimmat shaharlar deb topildi. Bu borada Britaniyaning «Economist Group» kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot natijalari 18-noyabr, chorshanba kuni e'lon qilindi.

Mutaxassislar butun dunyo bo‘yicha 130 dan ziyod yirik shaharlarda yashash qiymatini baholashdi. Reytingdagi dastlabki o‘ntalikka, shuningdek, Singapur, Tel-Aviv, Osaka, Jeneva, Nyu-York, Kopengagen va Los-Anjeles kiritilgan.

Ma’ruza turli shaharlardagi 138 xil tovar va xizmatlar bahosining qiyosiy tahlilini o‘z ichiga olgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘tgan bir yil davomida tamaki va maishiy texnika buyumlarining narxi ko‘tarilgan.

Bundan tashqari, analitiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, ayniqsa, G‘arbiy Yevropadagi shaharlarda narx-navo eng ko‘p ko‘tarilgan. Bu yevro va boshqa valyutalarning dollarga nisbatan qiymati oshganligi bilan izohlanmoqda.

Avvalgi reyting bilan taqqoslaganda, Moskva 20 o‘ringa pasayib, ayni vaqtda 106-qatordan joy olgan.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri ro‘yxatga kiritilgan yashash uchun eng arzon shaharlar reytingida Suriya poytaxti Damashq shahridan oldin — 132-o‘rindan joy olgan. Qozog‘istonning Olmaota shahri esa Toshkentdan uchta o‘rin oldinda, ya’ni 129-pog‘onani egallagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Dunyoning, toshkent, eng qimmat, reytingi, shaharlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя