Главная » 2020 » Январь » 19 » Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida Toshkent 413-o‘rinni egalladi
22:24

Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida Toshkent 413-o‘rinni egalladi


Numbeo statistika resursi e`lon qilgan turmush qiymati indeksi asosidagi dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida Toshkent 440 shahar orasida 413-o‘rinni egalladi.
 

Shuningdek, ro‘yxatdan Markaziy Osiyodagi boshqa shaharlar ham o‘rin olgan. Jumladan, Qozog‘istonning Nur-Sulton va Olmaota shaharlari tegishli ravishda 386 va 389-o‘rinda, Qirg‘iziston poytaxti Bishkek esa 410-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingdagi birinchi beshlik Shveysariya shaharlari — Syurix, Bazel, Lozanna, Jeneva va Byorn o‘rtasida taqsimlandi. Keyingi o‘rinlarni esa Norvegiyaning Stavanger, Oslo, Tronxeym, Bergen shaharlari va Islandiya poytaxti Reykyavik band qilingan.

Ma’lumot uchun, turmush qiymati indeksi do‘kon va restoranlar, transportdagi qatnov narxi, kommunal xizmatlarga xarajatlar va mahalliy aholining xarid quvvati asosida hisoblanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя