Главная » 2018 » Май » 1 » Dunyoning yana bir yirik davlati Telegram’ni blokladi
20:57

Dunyoning yana bir yirik davlati Telegram’ni blokladi


Eron Islom Respublikasi sud organlari Telegram messenjerini bloklash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Mamlakat fuqarolaridan bir qancha shikoyatlar kelib tushgani va messenjerning Eron qonunchiligiga rioya qilmagani ta’kidlanmoqda.

Bloklash haqidagi qaror Telegram’ning nazoratsiz ishlashi, xalqaro terrorchi guruhlar va jinoyatchilarning yashirin faoliyat olib borish joyiga aylanishini hisobga olib qabul qilingan.

Ta’kidlanishicha, Telegram etnik va irqiy mansublik masalalarida jamiyat turli qatlamlari orasiga qarma-qarshilik urug‘ini sepa boshlagan.

Qolaversa, messenjerning o‘zi mamlakat aholisini qo‘zg‘olonga undash vositasi bo‘lib xizmat qilayotgan ekan.

Telegram mamlakat milliy birligiga putur yetkazgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiyaning Tagansk sudi Aloqa nazorati bo‘yicha Rossiya federal xizmati talabiga ko‘ra, Telegram messenjerini bloklash haqida qaror qabul qilgan edi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя