Главная » 2018 » Апрель » 17 » Durov «Telegram»ni bloklashning uch salbiy oqibatini ma’lum qildi
14:03

Durov «Telegram»ni bloklashning uch salbiy oqibatini ma’lum qildi


«Telegram» asoschisi Pavel Durov o‘zining «VKontakte»dagi sahifasida Rossiyada messenjerning bloklanishiga izoh berib, bu qarorning uchta salbiy oqibatini aytib o‘tdi.

Birinchidan, uning fikricha, bu 15 million rossiyalikning hayotini qiyinlashtiradi. Ikkinchidan, mamlakatdagi terror xavfi avvalgi darajada qolaveradi.

«Rossiyadagi terror xavfi avvalgidek bo‘lib qolaveradi, chunki ekstremistlar boshqa messenjerlardagi shifrlangan aloqa kanallari yoki «VPN»dan foydalanishda davom etadi», — deb yozadi Durov.

Uchinchidan esa bu Rossiyaning milliy xavfsizlik darajasi pasayishiga olib keladi.

«Rossiyaliklar shaxsiy ma’lumotlarining bir qismi Rossiyaga nisbatan neytral bo‘lgan hududdan AQShdan nazorat qilinadigan boshqa hududlarga —«WhatsApp/Facebook»ga o‘tib ketadi», — deya ta’kidladi Pavel Durov.

Avvalroq Durov tez orada messenjerda blokni cheklab o‘tuvchi ichki usullar ishga tushishini ham ma’lum qilgan edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Telegram, Uch, Durov, salbiy, bloklash, Oqibat, ma’lum qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя