Главная » 2020 » Март » 27 » Dushanbadan maktab o‘quvchilari uchun TV-darslar boshlanadi. Mas'uliyat ota-onalar zimmasida
08:53

Dushanbadan maktab o‘quvchilari uchun TV-darslar boshlanadi. Mas'uliyat ota-onalar zimmasida


30 martdan O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun masofaviy ta'lim boshlanadi. Bu holatda ta'lim sifatini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi

Kun.uz muxbiri shu savol bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimovaga yuzlandi.

«Darhaqiqat, karantin davri ta'tillari berilishi munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va PISA bilan hamkorlikda videodarslar tayyorlanmoqda.

Bu darslarning efirga uzatilishida farzandlarining uni tomosha qilishi va o‘zlashtirishida ota-onalarning roli muhim hisoblanadi.

Ota-onalar iloji bo‘lsa, birga ko‘rishsa, farzandlarini nazorat qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi», – dedi inspeksiya vakili.
 

Ma'lumot uchun, «Yoshlar» telekanalida – 1-4-sinf, «Oilaviy» telekanalida – 5-8-sinf, «Madaniyat va ma'rifat» telekanalida – 9-11-sinf o‘quvchilari uchun, «Dunyo bo‘ylab» telekanalida esa barcha amaliy fanlardan televizion darslar berib boriladi.

Televizion darslar o‘zbek va rus tillarida tasvirga olinmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя