Главная » 2021 » Сентябрь » 29 » DXX chegarada afg‘onistonlikni qo‘lga oldi
10:56

DXX chegarada afg‘onistonlikni qo‘lga oldi


DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv jarayonida uning yonida 9 kg. 84 gr. opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘da chegaradan o‘tishga uringani, ammo chegarachilarimiz tomonidan to‘xtatib qolingani, otishma vaqtida bir nafar askarimiz qahramonlarcha halok bo‘lgani xabar qilingandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qo‘lga oldi, chegarada, afg‘onistonlik, DXX | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя