Главная » 2021 » Январь » 3 » Ebolani topgan olim noma’lum va xavfli “X kasallik”dan ogohlantirdi
12:39

Ebolani topgan olim noma’lum va xavfli “X kasallik”dan ogohlantirdi


1976 yilda Ebola virusini birinchi bo‘lib aniqlagan kongolik olim Jan-Jak Muyembe-Tamfum Kongo Demokratik Respublikasida o‘limga olib keluvchi yangi xavfli kasallik paydo bo‘lganidan ogohlantirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat g‘arbidagi Ingende shaharchasida yashovchi bemorda (ayol) gemorragik isitmaning alomatlari bo‘lgan. Ayoldan tahlil uchun namunalar olib, Kinshasadagi Biotibbiyot tadqiqotlar milliy institutiga yuborishgan. Ular bemorda Ebola yoki hozirgacha ma’lum bo‘lgan boshqa kasallik belgilarini aniqlashmagan.

Muyembe-Tamfumning taxminiga ko‘ra, ayol avval ma’lum bo‘lmagan patogenning dastlabki bemori bo‘lishi mumkin. Olim uni “X kasallik” deb nomlagan. Mutaxassis yangi kasallik COVID-19 kabi yuqumli va uning o‘lim darajasi Ebola virusidan biroz kamroq deb hisoblamoqda. O‘rta hisobda Ebolaga chalingan bemorlarning yarmi vafot etgan.

Hozir noma’lum patogen aniqlangan ayol izolyatsiya qilingan. Unga qarindoshlari bilan faqat plastik oyna orqali gaplashishiga ruxsat berilyapti. Uning shaxsi sir saqlanyapti.

Shu bilan birga “X kasallik”ning mavjudligi gipoteza, chunki aniq isbot yo‘q. Ammo JSST yangi epidemiya yuzaga kelishidan xavotirda.

Avvalroq, Muyembe-Tamfum kelajakda insoniyat hayvonlarda uchrovchi yangi viruslar bilan duch kelishini bashorat qilgandi. Yangi viruslar jonivorlardan odamlarga o‘tishi mumkin bo‘ladi va bu koronavirus pandemiyasidan xavfliroq pandemiyalarni ham keltirib chiqarishi mumkin.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ebolani, xavfli, noma’lum, Olim, ogohlantirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя