Главная » 2020 » Август » 29 » Ehtiyot bo‘ling! «TikTok»da xavfli chellenj paydo bo‘ldi
17:38

Ehtiyot bo‘ling! «TikTok»da xavfli chellenj paydo bo‘ldi


«TikTok» ijtimoiy tarmog‘ida inson salomatligini xavf ostiga qo‘yuvchi chellenj o‘tkazilayotgani haqida «Izvestiya» xabar bermoqda.

Britan tabloidi «The Sun» yozishicha, foydalanuvchilarining xatti-harakatlari shifokorlarni tashvishga solmoqda.

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqda insondagi xollarni uy sharoitida yo‘q qilish bo‘yicha tavsiyalar berilyapti.

Shifokorlarga ko‘ra, xollardan uy sharoitida qutulishga urinish kuchli qon ketishiga, organizmga infeksiya tushishiga va hokazo salomatlik uchun xavfli holatlarga olib keladi. Aslo bunday qila ko‘rmang! Chunki malakali mutaxassislar ko‘magisiz buning iloji yo‘q. Albatta shifokor maslahati va ko‘magi kerak bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: xavfli, Ehtiyot bo‘ling, paydo bo‘ldi, «TikTok»da, chellenj | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя