Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » Elektr energiyasidan qarzdorligi ko‘p viloyatlar uchligi ma’lum qilindi
23:29

Elektr energiyasidan qarzdorligi ko‘p viloyatlar uchligi ma’lum qilindi


O‘zbekiston aholisining elektr energiyasidan qarzdorligi 2,4 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etmoqda. Bu haqda 24-noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov respublikada elektr energiyasidan qarzdorligi eng ko‘p bo‘lgan viloyatlar uchligini e’lon qildi.

“Viloyatlar ichida eng katta qarzdor, “lider” hudud bu — Samarqand. Mazkur viloyatning elektr energiyasidan 646 milliard so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lib, shundan 553 milliard so‘mi aholi qarzdorligi hisoblanadi. Navoiy viloyatining qarzdorligi 410 milliard so‘mni tashkil qiladi. Andijon viloyatining qarzdorligi esa 273 milliard (247 milliard so‘mi aholiga tegishli) so‘mdan iborat”, — dedi Jahongir Obidjonov.

Uning qayd etishicha, Toshkent shahrining qarzdorligi 161 milliard so‘m bo‘lib, shundan 51 milliard so‘mi aholiga to‘g‘ri kelmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: viloyatlar, Elektr energiyasidan, qarzdorligi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя