Главная » 2020 » Декабрь » 8 » Elizaveta IIning o‘g‘lining sobiq sevgilisi qirollik oilasini sharmanda qildi
22:49

Elizaveta IIning o‘g‘lining sobiq sevgilisi qirollik oilasini sharmanda qildi


Xonanda va aktrisa Ruti Xenshell Britaniyaning qirol oilasi bilan bog‘liq katta mojaroga aralashib qoldi, deb xabar bermoqda “Daily Mail”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shiqchi o‘zining sobiq sevgilisi - qirolicha Yelizaveta IIning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan shahzoda Edvardni sharmanda qilgan.

“I'm a Celebrity... Get Me Out of Here!” teleshousini yozish paytida Ruti hamkasbi, britaniyalik qo‘shiqchi Sheyn Richi bilan suhbatlashgan. Tanaffus paytida esa o‘zlaridagi mikrofonlar o‘chirilgan deb o‘ylab, hamkasbiga: "Sen Bukingem saroyining bog‘larida qo‘shiq aytayotganingda, men uning yotoqxonalarida ko‘ngilxushlik qilayotgan edim", deb shahzoda Edvard bilan yaqin munosabatlarini nazarda tutgan.

Shundan so‘ng uning so‘zlari bir zumda ommaviy axborot vositalarida tarqalib ketgan va Ruti kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan.

"Rostini aytsam, men o‘sha paytda kameralarni unutib qo‘ygandim. Bu eski hazil juda qo‘pol eshitildi. Bu so‘zlar Sheynga aytilgan va begona odamlar uchun emasdi", deb tushuntirdi Ruti.

Ma’lumot o‘rnida, Xenshell va shahzoda Edvard 90-yillarda besh yil uchrashishgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: oilasini, sevgilisi, sharmanda, Qirollik, sobiq, Elizaveta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя