Главная » 2018 » Январь » 9 » Ella Ostrogojskaya haqida yangi ma’lumotlar va xonimning surati e’lon qilindi
22:34

Ella Ostrogojskaya haqida yangi ma’lumotlar va xonimning surati e’lon qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi sobiq vazir va sobiq boshqarma boshlig‘i Ella Ostrogojskayani qattiq tanqid qilgan edi.

Ushbu tanqiddan so‘ng, Ella Ostrogojskaya haqidagi ma’lumotlar, uning faoliyati, sobiq vazir bilan til biriktirib, Prezidentni aldab kelgani, buyudjet siyosatidagi qing‘ir ishlari haqida ma’lumotlar bergan edik.

O‘zA Ella Ostrogojskayaga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Ella Ostrogojskayaning shaxsiy ma’lumotnomasida yozilishicha, u 1956 yil 4 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – rus. Otasi Kogan Ilya Lazerovich 1922 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uzoq yillar “Foton” zavodida usta bo‘lib ishlagan otasi 2002 yilda vafot etgan. Onasi Popova Lyudmila Sergeyevna uy bekasi, 1926 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1959 yilda vafot etgan.

Turmush o‘rtog‘i – Ostrogojskiy Igor Olegovich 1958 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. “ATEKS” firmasida menejer bo‘lib ishlaydi.

Qizi – Ostrogojskaya Anastasiya Igorevna 1984 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Moskva moliya-yuridik akademiyasida tahsil olgan.

O‘g‘li – Ostrogojskiy Kirill Igorevich 1986 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan.

Ella Ostrogojskayaning ma’lumoti oliy, 1978 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Magistrlik ilmiy darajasiga ega. Ilmiy unvoni yo‘q.

Mehnat faoliyati davomida Ella Ostrogojskaya turli lavozimlarda ishlagan.

1974-1978 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti talabasi bo‘lgan Ella Ostrogojskaya xonim ish faoliyatini 1978 yilda O‘zbekiston SSR Moliya vazirligining Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish boshqarmasida boshlagan.

1978-1986 yillarda u boshqarmada katta iqtisodchi va bosh iqtisodchi;

1986-1992 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Agrosanoat kompleksini moliyalashtirish boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi va bo‘lim boshlig‘i;

1992-1993 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xizmat ko‘rsatish, kooperativ, qo‘shma va kichik korxonalarni moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;

1993-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjetini jamlash va hududiy moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;

1995-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

2003-2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Investisiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshlig‘i;

2003-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining yetakchi inspektori;

2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining bosh inspektori;

2005-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2017-2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni tahririyati bo‘lim boshlig‘i vazifalarida ishlagan.

Ella Ostrogojskaya xonim mehnat faoliyati davomida ikki marta Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1998 yilda “Do‘stlik” va 2010 yilda “Mehnat shuhrati” ordenlarini olgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ella Ostrogojskaya | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя