Главная » 2017 » Май » 10 » Emmanuel Makron o‘zidan 25 yosh katta sobiq o‘qituvchisiga uylangan
18:27

Emmanuel Makron o‘zidan 25 yosh katta sobiq o‘qituvchisiga uylangan


Fransiyada bo‘lib o‘tgan saylovlarda Emmanuel Makron prezidentlik lavozimiga saylangani haqida xabar bergan edik. Tabiiyki, uning rafiqasi mamlakatning birinchi raqamli xonimiga aylandi. Biroq bu xonim dunyo prezidentlarining rafiqalaridan keskin farq qiladi, chunki 39 yoshli prezidentning rafiqasi 64 yoshda. Ularning sevgi tarixi ham o‘zgacha.

Fransiya yangi prezidentining rafiqasi – Bridjit Mari-Klod Makron 1953 yil 13 aprelda Fransiyaning Amen shahrida dunyoga keldi. Oiladagi olti nafar farzandning eng kenjasi bo‘lgan. Bridjitning oilasi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

1974 yilda 21 yoshli Bridjit Andre Lui Ozer ismli bankirga turmushga chiqadi va ketma-ket uchta farzandli bo‘ladi. Bridjit Ozer diniy maktablardan birida fransuz va lotin tillari o‘qituvchisi vazifasida ishlaydi. Shu yerda birinchi marta Emmanuel Makron bilan tanishadi – Emmanuel esa uning o‘quvchisi edi.

17 yoshida ota-onasi Emmanuelni Parijga tahsil olishga yuboradilar. Safar oldidan qat’iyatli o‘spirin Bridjit Ozerning yoniga kelib, o‘qituvchisiga safardan qaytgach, albatta, unga uylanishga va’da beradi. Yigit gapida turdi, o‘qishdan keyin Emmanuel Bridjitning turmush o‘rtog‘i Andre Lui Ozer bilan ajrashishiga erishadi va 2007 yilda sobiq o‘qituvchisiga uylanadi.

Turmush qurganlarida Brijitning yoshi 54da edi. Bu yoshda esa ledi Makron boshqa farzand ko‘ra olmasdi. Makron buni yaxshi tushundi va rafiqasiga avvalgi turmushidagi farzandlari bilan yashashga ruxsat berdi. Endilikda esa Bridjit nabiralarni tarbiyalashda mehribon buvi rolini bajarmoqda.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘qituvchi, Emmanuel Makron, uylangan, sobiq, katta, 25 yosh, o‘zidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя