Главная » 2017 » Май » 10 » Endi akademik litseyni bitirganlar ham ishga joylashishi mumkin
18:27

Endi akademik litseyni bitirganlar ham ishga joylashishi mumkin


Hududiy bandlik tuzilmalarini, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini tanqidiy tahlil qilish asosida, shuningdek, akademik litseylar bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirilishini inobatga olib, kelayotgan o‘quv yiliga qator o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qayta ixtisoslashtiriladi.

Tasdiqlangan qabul qilish kvotalariga binoan 2017/2018 o‘quv yilida mamlakatimizning akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari umumta’lim maktablarining 467 019 nafar bitiruvchisini qabul qiladi. Shu tariqa, umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari respublikamizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga to‘liq qamrab olinadi.

Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 1.05.2017 yildagi 251-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida nizom”ga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida guruhlarni to‘ldirish quyidagicha tabaqalandi: akademik litseylarda — 26 nafargacha, kasb-hunar kollejlarida — 30 nafargacha o‘quvchilar doirasida.

Shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat berilishi belgilandi. Mazkur hujjat litsey yoki kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan bir qatorda OTMga o‘qishga kirish yoki ishga joylashish huquqini beradi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Akademik litsey, bitirgan, mumkin, ishga joylashishi, HAM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя