Главная » 2020 » Февраль » 12 » Endi biometrik pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi
19:54

Endi biometrik pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi


Respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti o‘rniga identifikatsiyalash ID-kartalarini berish tizimini joriy etiladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.

Bunda:

• shunga o‘xshash tizimlarning joriy etilishi va uning elektron hukumat tizimlariga integratsiyasi bo‘yicha xorijiy tajribani hisobga olgan holda, loyihaoldi o‘rganishni o‘tkazish;

• loyihani amalga oshirishni boshlash maqsadida texnik-loyiha va me’yoriy hujjatlarni, jumladan standartlarni tayyorlash;

• davlat organlarining texnologik infratuzilmasini, jumladan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, apparat-dasturiy ta’minot tizimlari va boshqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

• loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;

• yangi tug‘ilgan barcha shaxslarga va 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) biriktirish, barcha jismoniy shaxslarga elektron ko‘rinishdagi davlat xizmatlari ko‘rsatish va ularni identifikatsiya qilish uchun farzandlarni ota-ona ma’lumotlari bilan bog‘lash nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя